← Barcha darslar
Mehmonlar uchun

Chekdagi 15% servis va choypuli

Chekda "obslujivaniye 15%" degan yozuvni ko'rib, "demak, ofitsiantga choypuli shart emas" deb o'ylaysizmi? Aslida hammasi boshqacha.

15% qayerga ketadi?

Ko'p restoranlarda bu foizni ofitsiantning o'zi to'liq ko'rmaydi. U singan idishlarga, tozalikka, ijaraga, oshxona va bar o'rtasida taqsimlanadi. Ofitsiantga esa yo kichik ulush tegadi, yo u faqat oylikda ishlaydi.

Choypuli majburiymi?

Yo'q, majburiy emas. Lekin oqshom davomida sizga chiroyli xizmat ko'rsatilgan bo'lsa, ofitsiantning haqiqiy mehnati aynan sizning qo'lingizda.

Chekdagi foiz restoranning narxi. Alohida qoldirilgan choypuli esa odamga mehnati uchun aytilgan rahmat.

Jamoangizni o'qitmoqchimisiz?

Bu kabi qoidalarni xodimlaringizga amalda o'rgataman.

Telegramda yozish