← Barcha darslar
Menejerlar uchun

Mehmon e'tirozi: 3 qoida

Mehmon "ovqatingiz sovuq" yoki "go'shti qattiq ekan" desa, xodimlaringiz nima qiladi? Bahslashadimi yoki xijolat bo'lib, yechim topolmaydimi?

Servisdagi eng qimmatga tushadigan xato: "buni oshpaz tayyorlagan, men shunchaki olib keldim" deb aybni boshqaga ag'darish. Mehmon uchun oshpaz ham, idish yuvuvchi ham aynan siz.

1. Oxirigacha eshiting

So'zini bo'lmang. Mehmon gapirib bo'lgach, uning g'azabining yarmi o'zi pasayadi.

2. Bahslashmasdan uzr so'rang

"Kechirasiz, bu bizning kamchiligimiz." Kim aybdorligini aniqlash mehmonning ishi emas.

3. Darhol hal qiling

Taomni almashtirishni yoki hisobdan chiqarishni taklif qiling. Yechim tez bo'lsa, e'tiroz minnatdorchilikka aylanadi.

To'g'ri hal qilingan bitta e'tiroz restoranga eng sodiq doimiy mijozni olib keladi.

Jamoangizni o'qitmoqchimisiz?

Bu kabi qoidalarni xodimlaringizga amalda o'rgataman.

Telegramda yozish