Taom mazali, joy chiroyli, lekin mehmon bir marta keladi va boshqa ko'rinmaydi. Ko'pincha sabab taomda emas, xizmatda.
Har safar yangi ofitsiantni noldan o'rgatasiz. Yozma standart bo'lmasa, sifat odamga qarab o'zgaradi.
Google va Instagram'dagi bitta "xizmat yomon" degan izoh o'nlab yangi mehmonni qochiradi.
Ofitsiant faqat buyurtma oladi, taklif qilmaydi. Desert, ichimlik va qo'shimchalar sotilmay qoladi.
Har bir restoran har xil. Shuning uchun format va narx sizning jamoangiz hajmi va maqsadingizga qarab kelishiladi.
Ofitsiant, barista va menejerlar uchun amaliy trening, restoraningizda.
Restoraningizga oddiy mehmon sifatida kelaman va xizmatni mehmon ko'zi bilan baholayman.
Restoraningiz uchun yozma servis qoidalari va yangi xodimlarni o'qitish tizimi.
Birinchi suhbat bepul. Avval muammoni tushunamiz, keyin yechim taklif qilaman.
Instagram'dagi videolarimning batafsil matnli varianti. Xodimlar, menejerlar va oddiy mehmonlar uchun.
Mehmon qaytib keladimi yoki yo'qmi, bu eshikdan kirgan zahoti hal bo'ladi. Uchta oddiy qoida.
O'qish → Mehmonlar uchunYaxshi xizmat siz hali so'ramagan narsalardan bilinadi. Xizmatning uch darajasi.
O'qish → Mehmonlar uchun"Ukaa!" yoki barmoq shiqillatish o'rniga ikkita oddiy odat.
O'qish → Mehmonlar uchunChekdagi foiz kimga boradi va choypuli qoldirish kerakmi?
O'qish → Mehmonlar uchunOfitsiantdan haqiqiy maslahat olish uchun to'g'ri savol.
O'qish → Menejerlar uchunMehmon norozi bo'lganda xodim nima qilishi kerak. Xalqaro servis standarti.
O'qish →
A
Servis menejeri va barista · Servis treneri
5 yildan beri restoran va kafelarda ishlayman. Xodim nimani his qilishini ham, mehmon nimani kutishini ham ichkaridan bilaman. Maqsadim: O'zbekistonda restoran servisini xalqaro darajaga olib chiqish.
Odatda o'zingizning restoraningizda, ish jarayonida. Shunda xodimlar o'z zalida, o'z mehmonlari bilan mashq qiladi.
Jamoa hajmi va maqsadga qarab bir necha soatdan bir necha kungacha. Birinchi suhbatda aniq reja tuzamiz.
Narx xodimlar soni, trening formati va muddatiga qarab kelishiladi. Telegram yoki telefon orqali yozing, sizga mos variantni aytaman.
Ha. Yaxshi xizmat faqat qimmat restoranlarga kerak emas. Kichik jamoada natija hatto tezroq ko'rinadi.
Treningdan oldin va keyin servis auditi o'tkazamiz. Mehmon izohlari, o'rtacha chek va qaytib keladigan mehmonlar soni bo'yicha farqni ko'rasiz.
Ha, boshqa shaharlarga ham borish mumkin. Bu haqda alohida kelishamiz.
Ofitsiant, barista va menejerlar uchun video kurslar, test va sertifikat. Restoran egalari butun jamoasini bitta paketda o'qita oladi.
Savolingiz bo'lsa yoki trening haqida gaplashmoqchi bo'lsangiz, yozing. Odatda bir necha soat ichida javob beraman.